sababli, ushbu hisobot bunday huquqbuzarliklar davlat amaldorlari tomonidan rasmiy yoki norasmiy
hukumat siyosatini amalga oshirishda asosiy inson huquqlarini qo'pol ravishda suiiste'mol qilgan
bo'lishi mumkin degan xulosaga keladi.4
Ushbu huquqbuzarliklarning asosiy qurboni uy-joy mulkdorlari va fermerlar bo'lib, ular o'z molmulklarining majburiy musodara qilinishi va majburan ko'chirish holatlariga duch kelmoqda.5 Bu
suiiste'molliklar rasmiy ravishda "farmonlar" deb ataluvchi hukumat qarorlari bilan amalga oshirilib,
ular xususiy mulk huquqlarini buzgan holda yer mulklarini majburiy ravishda musodara qiladi. 6 Uyjoy mulkdorlariga kelsak, bu farmonlar xususiy ko'chmas mulk ob’ektlarini qurilishiga ko'maklashish
uchun chiqarilib, fermerlar holatida esa yer ko'proq markaziy yer fondiga o’tkaziladi va keyinchalik
agrosanoatga qayta taqsimlanadi.
Ushbu noto'g'ri farmonlar davlat idoralari va ko'pincha korporativ qurilish kompaniyalar tomonidan
uy-joy egalari va fermerlarni majburan chiqarib yuborish uchun keyingi majburlov choralarini
qo'llaydi. Hukumat farmonlari odatda xususiy quruvchilardan uy-joy mulkdorlariga o'z mulkining
qiymatini qoplashni talab qilsa-da, bu aslida fuqarolarning xususiy mulk huquqlari va asosiy erkin
bozor shartlarini buzgan holda davlat tomonidan majburiy tortib olish hisoblanadi, uy-joy
mulkdorlari esa ko'pincha taklif qilinadigan tovon puli bozor qiymatidan past ekanligini ta'kidlaydilar.
Fermerlarga kelsak, ushbu loyiha bo’yicha intervyu qilingan jabrlanuvchilar yetkazilgan zarar uchun
ularga kompensatsiya berilmaganini da'vo qilmoqda.
Ushbu hisobotda ko'rib chiqilgan ba'zi misollarda jabrlanuvchilar Adliya vazirligi, Bosh prokuratura
va Inson huquqlari bo'yicha Ombudsman tomonidan atroflicha yordam olib, ular xat va xabarlarda
jabrlanuvchilarning qonun bilan belgilangan/konstitutsiyaviy xususiy mulk huquqlari buzilgani va ular
bilan bog'liq davlatning harakatlari huquqqa xilofligini tasdiqlaydilar. Biroq, jabrlanuvchilar sudlar
himoyasiga murojaat qilish uchun yetarli mablag'ga ega bo'lsa, sudlar aksariyat hollarda ushbu milliy
qonunlarning mazmuni va maqsadini va konstitutsiyaviy himoyani e'tiborsiz qoldiradilar, bu esa
noqonuniy, davlat tomonidan yo'naltirilgan mulkni majburiy tortib olishni tasdiqlaydi. Sudlar,
shuningdek, moddiy huquqiy masalalarni ko'rib chiqish zaruratisiz, ayniqsa, hukumat qarorlarining
qonuniyligini shubha ostiga qo'yadigan sud nazorati holatlarida ishlarni texnik sabablarga ko'ra
tugatishda shubhali usullaridan foydalanadi.
Hukumatning noqonuniy qarorlari sud qarorlari bilan birgalikda ushbu majburiy tortib olish va
ko'chirish amallarining jiddiy noto'g'ri mazmunini yashiradigan qonuniylik pardasini yaratadi.
Bu xulosalar zudlik bilan chora ko’rishni, jumladan Oʻzbekiston davlati tomonidan mulkni majburiy
va ixtiyoriy olib qo’yishga darhol moratoriy e’lon qilishni talab qiladi: (a) jabrlanuvchilarga yordam
ko’rsatish va davlat mansabdor shaxslarini javobgarlikka tortish boʻyicha tezkor va keng koʻlamli
jamoatchilik surishtiruvini yakunlash; (b) ushbu hisobotda va boshqa joylarda hujjatlashtirilgan
qonunbuzarliklarni bartaraf etish uchun inson huquqlariga mos keladigan islohot yo'l xaritasini
4
Green, P. and Ward, T. (2004) State Crime. London: Pluto Press.
5
Kichik va o'rta biznesga ham davlatning bu noqonuniy harakatlari ta'sir qiladi; qarang, masalan, Lasslett, K. and
Matyakubova, D. (2021) “Amid Tashkent’s Rapid Redevelopment, this Factory Cries Foul over Demolition”, “Ochiq
demokratiya”, 24 mart. Onlayn mavjud: https://www.opendemocracy.net/en/odr/amid-tashkents-rapid-redevelopment-awheelchair-factory-cries-foul-over-demolition/
6
To'rtinchi va beshinchi misollar ko'rsatganidek (2.3-bandga qarang), bu rasmiy choralardan oldin norasmiy majburlov
faoliyati qo'llanilishi mumkin.
5