Rasm: O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi vaziri Jamshid Xo‘jayev Indorama Group prezidenti Sry
Prakash Lokhya bilan Toshkentda, 2019-yil, oktabr
Manba: Ozodlik
Biroq, zarar ko'rgan fermerlarning so'zlariga ko'ra, yerlar hokimliklar tomonidan fermerlarning uzoq
muddatli ijarasi hisobga olinmagan va oldindan tegishli maslahatlarsiz yoki davlat tomonidan yer
ijarasi bir tomonlama bekor qilinganligi uchun kompensatsiya olinmagan holda kompaniyaga
berilgan. Fermerlarning ta'kidlashicha, ular amaldorlar tomonidan yer ijarasini bekor qilish
to'g'risida "ixtiyoriy" bayonotlarni imzolashga majbur bo'lishgan. Ko'p hollarda fermerlarda yer
ijarasi nusxalari bo'lmagan, ular hokimliklar tasarrufida bo'lgan.
Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbek forum 2019-yildan buyon “Indorama” loyihasining monitoringini
olib boradi va “Indorama Agro” korxonasi faoliyat yuritayotgan Oqoltin, Sardoba, Nishon va Kasbi
tumanlaridagi o‘nlab fermerlar va loyihadan jabrlanganlar bilan suhbat o‘tkazdi. Indorama fermer
xoʻjaliklari xodimlari va xalqaro tashkilotlar oldida chiqish qilgan yoki gapirgan boshqa manfaatdor
tomonlarga nisbatan takroran oʻch olish holatlari tufayli, ularning xavfsizligi uchun barcha fermerlar
ismlari va ularning fermer xoʻjaliklari nomlari sir tutilgan.
64 yoshli fermer “A” 2022-yil 25-mayda loyiha tadqiqotchilari tomonidan olingan intervyuda
qatnashdi.176 Uning fermer xo‘jaligi 2003 yilda tashkil etilgan bo‘lib, unga jami 84 gektar yer
maydoni 49 yillik ijara asosida doimiy foydalanish huquqi bilan ajratilgan. Fermer “A” davlatimiz
tomonidan belgilangan g‘alla, paxta va pilla qurti me’yorlarini izchil bajarib kelayotganini aytadi.
Fermer “A” ga ko‘ra, 2018-yilda Sirdaryo viloyatining Oqoltin tumaniga “Indorama agro klasteri”
kelganida, boshqa fermerlar qatori uning yer maydoni ham mahalliy hokimiyat organlari tomonidan
noqonuniy olib qo‘yilgan.Uning kuzatuvchilarga ma’lum qilishicha, 2018-yil dekabr oyida Oqoltin
tumani hokimi uni va boshqa fermerlarni tuman hokimligidagi yig‘ilishga chaqirgan. Shundan so‘ng
ular o‘z yerlarini tuman zaxirasiga o‘tkazishga rozilik beruvchi ariza yozishga majbur bo‘ldilar.
Fermer “A”ning aytishicha, bir kun ichida barcha fermerlarning arizalari hokimga kelib tushgan.
Ularga klaster tizimi konsepsiyasi joriy etilayotgani aytilgan. Fermerlardan yerni topshirishga rozilik
176
Shaxsiy muloqot, 2022-yil 25 may.
63
Select target paragraph3
Connect to a paragraph
Connect to an entity
Disable highlights
Add to table of contents