berishdan bosh tortgan fermerlar soat 1:00 gacha zalda ushlab turilgan.162 Noryigitovning aytishicha, shunga qaramay ariza bermagan.163 2019-yil 4-fevraldagi 296-sonli qaror bilan “Zaynatbegim mobinaxon” fermer xo‘jaligiga qarashli 31,6 gektar yer hamda boshqa yerlari “Shuhrat umid servis” fermer xo‘jaligiga rasman o‘tkazildi. 164 2020-yil dekabr oyida Oybek Noryigitov 158/85 va 60-sonli farmonlarni bekor qilish to‘g‘risida Ma’muriy sudga da’vo arizasi bilan murojaat qilgan.165 2020-yil 11-dekabr kuni Namangan viloyat ma’muriy sudi sudyasi Tojiboyev Noryigitov tomonidan talab qilinadigan davlat boji to‘lanmaganligi, boshqa zarur hujjatlar tasdiqlanmaganligi to‘g‘risida qaror chiqardi.166 2021-yil 18-avgust kuni o‘sha sud ishni yana ko‘rib chiqdi va arizachi hokimning qaroridan xabardor bo‘lganidan keyin uch oy ichida o‘z ishini taqdim etmaganligi sababli da’voni rad etdi.167 Noryigitovning Namangan viloyat ma’muriy sudining 2021-yil 18-avgustdagi hal qiluv qarori ustidan bergan shikoyati apellyatsiya sudining 2021-yil 26-oktabrdagi qarori bilan qanoatlantirilmagan.168 Noryigitov Pop tumani prokuraturasiga 2021-yil 30-yanvardagi shikoyat xati ham yozgan. Ushbu xatida Noryigitov o‘ziga tegishli yer uchastkasini berish to‘g‘risidagi arizani kim yozganini bilmasligini, arizadagi imzo unga tegishli emasligini aytadi va shuning uchun u prokurordan ushbu masala bo'yicha jinoiy ish qo'zg'atishni so'raydi.169 Noryigitov 2021-yil 30-yanvar kuni Pop tumani prokuraturasiga ham ariza yozgan. Mazkur xatida Noryigitov o‘ziga tegishli yer uchastkasini berish to‘g‘risidagi arizani kim yozganini bilmasligini, arizadagi imzo unga tegishli emasligini va shu bois prokurordan ushbu fakt bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atishni so‘raydi. Noryigitovning xatiga javoban prokuratura Pop tumani IIB tergov bo‘limi boshlig‘i A.S.Nodirovga murojaat qilib, masalani o'rganishni so'radi. Nodirov 2021-yil 15-apreldagi javobida 2018-yil 28-dekabrda hokimyat tomonidan ro‘yxatga olingan ariza Noryigitovga tegishli ekanligini (imzosi bo‘lmasa ham) va shunga ko‘ra jinoyat ishini qo‘zg‘atishga asos yo‘qligini ta’kidlaydi.170 Dilora Usmanova va Sharifa Tuychieva ishi Dilora Usmonova turmush o‘rtog‘i Xayrulla Usmonov bilan 2006-yilda Pop tumanida dehqonchilik bilan shug‘ullanganini tasdiqladi.171 Pop tumani hokimining 2018-yil 11-sentabrdagi 1894-son qarori bilan Sharifa To‘ychiyeva “Mirzobedil Temurbek” fermer xo‘jaligi egasi etib tayinlangan.172 Ushbu fermerning asosiy faoliyati umumiy 36,5 gektar yer maydonida paxta yetish bo’lgan.173 162 O’sha manba. 163 O’sha manba. 164 Pop tumani hokimining 2019-yil 4 fevraldagi 296-sonli qarori. 165 Namangan viloyat ma’muriy sudining 2020-yil 11 dekabrdagi 3-16-20037919-sonli ish bo’yicha qarori, sudya D.Tojiboyev. 166 O’sha manba. 167 Qaror, Namangan viloyat ma’muriy sudining 2021-yil 18-avgustdagi 5-1601-2103/703-sonli ish bo’yicha qarori, sudya K.Tamjimatov. 168 Namangan viloyat ma’muriy apellyatsiya sudining, 2021-yil 26 oktyabrdagi 5-1601-2103/703-son ish bo’yicha hukm, A.Narzulaev, O.Turdiev va O.Ziyavitdinova sudyalay hayati. 169 O.Norigitovning Pop tuman prokuraturasiga 2021-yil 30 yanvar maktubi. 170 A.S.Nodirovning Pop tuman prokuraturasiga 2021-yil 15 apreldagi xati. 171 Shaxsiy muloqot, Dilora Usmanova, 2022-yil 17 may. 172 Pop tumani hokimining 2018-yil 11 sentyabrdagi 1894-son qarori. 173 Pop tumani hokimining 2019-yil 18 yanvardagi 158/193-son qarori. 61

Select target paragraph3

Connect to a paragraph
Connect to an entity
Disable highlights
Add to table of contents