Rasm 8: Navoiy shoh ko‘chasidagi 49-bino buzilishidan oldin Manba: Land Home Justice Network Bu ish rasman 2017-yil 15-avgustda Samarqand shahrining o‘sha paytdagi hokimi Vohid Rahimovning 1510-K-sonli qarori bilan boshlangan. Qarorda qayd etilishicha: “Samarqand Agro Eksport Servis” mas’uliyati cheklangan jamiyati Samarqand shahri, Navoiy shoh ko‘chasi, 44, 45, 47 va 49-uylarda joylashgan ko‘rkam bo‘lmagan ikki qavatli turar joy binolarining mavjud binolarini buzish va ular o’rniga zamonaviy arxitektura-loyiha hujjatlari asosida ko‘p qavatli uy-joy qurishga ruxsatnoma berish yuzasidan shahar hokimligiga ariza bilan murojaat qilgan”.96 Shuningdek, qarorda shahar arxitektura va qurilish boshqarmasi tomonidan shaharning markaziy ko‘chalarida joylashgan “mavjud shaharsozlik arxitekturasi, sanitariya-gigiyena qoidalari” talablariga javob bermaydigan binolarni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda boshqa joyga ko‘chirish va yong'in xavfsizligini ta'minlash va ularning o'rnida ko'p qavatli turar-joy binolarini qurish taklifi ham e’tirof etilgan”.97 Shundan so‘ng qarorda Navoiy shoh ko‘chasi 43, 45, 47 va 49-uylardagi 60 ta xonadon “shaharsozlikning hozirgi talablariga” javob bermasligi, biroq tegishli idoralar va mutaxassislarning qaroriga hech qanday baho ilova qilinmagani ma’lum qilingan. Bu xonadonlarni buzib, o‘rniga to‘rt qavatli turar joy binosini qurishni buyuriladi. Qarorda “Samarqand Agro Eksport Servis” korxonasiga zarur ruxsatnomalar olgan holda, shuningdek, mavjud aholini o‘z mablag‘lari hisobidan boshqa joyga ko‘chirish sharti bilan ajratilgan yer maydonida qurilishi rejalashtirilgan turar-joy binosini qurishga ruxsat berilgan. 2020-yil 19-mayda “Samarqand Agro Eksport Servis” korxonasining korporativ ekstrakti birinchi marta tekshirilganda, uning faoliyat sohasi meva-sabzavot mahsulotlarini ulgurji savdosi deb e’lon 96 Samarqand shahar hokimining “Qurilish uchun yer uchastkasi tanlash to‘g‘risidagi “2017-yil 24 iyuldagi qurilish uchun yer uchastkasi tanlash to‘g‘risidagi dalolatnomani va qurilishga ruxsatnoma berish to‘g‘risida” 2017-yil 15 avgutst qarori. 97 O’sha manba. 37

Select target paragraph3

Connect to a paragraph
Connect to an entity
Disable highlights
Add to table of contents