Rasm: Fermer Umida Ibragimova, 2023-yil iyul oyi Manba: Uzbek Forum Fermerning so‘zlariga ko‘ra, u 2019-yilning yanvar oyida uning yerlari hokimiyat tomonidan o‘zboshimchalik bilan tortib olingunicha, yillar davomida paxta va g‘alla yetishtirish bo‘yicha hukumat tomonidan belgilangan kvotani izchil bajarib kelgan.145 Aytilishicha, 2019-yil 18-yanvar kuni Pop tumani hokimi A’zamjon Sultonov yig‘ilish o‘tkazish bahonasida 450 ga yaqin tuman fermerlarini tuman madaniyat saroyi zaliga yig‘ib, fermerlarga o’z yerlarini davlatga ixtiyoriy ravishda topshirganligini tasdiqlovchi ariza yozish va unga imzo qo‘yishni buyurgan.146 Uchrashuvga kelmagan fermerlarni kechki payt militsiya xodimlari olib kelishgan.147 Ibragimovaning ta'kidlashicha, ko'pchilik fermerlar dastlab bu bayonotlarni imzolashdan bosh tortishgan va ushbu protseduradan norozi bo'lishgan. Fermerlar kechki soat 18:00 dan sovuq xonaga qamalgan va ular bayonnomalariga imzo chekmagunicha ularni ketishga ruxsat berilmagan.148 Yarim tungacha chidab, qorni och, sovuqdan muzlab, bolalari haqida qayg‘urgan Ibragimova reja tuzdi: u ko‘rsatma bo‘yicha ariza yozishga rozi 145 Shaxsiy muloqot, Umida Ibragimova, 2022-yil 17 may. 146 Umida Ibragimovaning O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori Nig‘matilla Yo‘ldoshevga maktubi, 2022-yil 17yanvar. 147 Inson huquqlari boʻyicha Oʻzbek forumi (2022) “Oʻzbekistonda yerlarning noqonuniy musodara qilinishi: Namanganlik fermerlar oʻz huquqlari va tirikchiligi uchun kurashmoqda”, 17 iyul. Onlayn mavjud: https://www.uzbekforum.org/illegalland-confiscations-in-uzbekistan-farmers-in-namangan-fight-for-their-rights-and-livelihoods/ 148 Shaxsiy muloqot, Umida Ibragimova, 2022-yil 17 may. 57

Select target paragraph3

Connect to a paragraph
Connect to an entity
Disable highlights
Add to table of contents