to'pladi? Agar ular xalqni tinglashni istamasalar, nega bizni yig'ishdi? Aholi hamon azob chekmoqda.”65 Monitorlar tomonidan to'plangan ko'rsatmalar shuni tasdiqlaydiki, fuqarolarning ba'zilari taklif qilingan qurilishga qarshi bo'lgan va qurilish kompaniya tomonidan taqdim etilgan tovon pulidan qoniqmagan. Masalan, mahalliy fuqaro Farida Langer. Farida Langerning uyi Niyozbek yo‘li ko‘chasining 4dovonida joylashgan edi. Uning uyi qurilgan yer uchastkasiga umrbod merosxo'rlik qilishga haqqi bo’lgan.66 U yerda bolalari va nevaralari bilan yashagan. Nevaralari mahalliy maktablarda o'qishdi. Langer kompensatsiya to'lash taklifidan norozi edi, chunki u taklif qilingan alternativ variantlarning hech biri to'g'ri kelmasligiga yoki olib qo'yilgan narsaga mos kelmasligiga ishonchi komil edi.67 Rasm: Farida Langerning uyi Manba: Uzbek Forum O'zbekiston qonunchiligiga ko'ra, Langer o'zining shaxsiy mulki va turar joyini saqlab qolish huquqiga ega edi. Shunga qaramay, unga “Steel Quality Business” qurilish kompaniyasi tomonidan 2020-yil 65 Shaxsiy muloqot, Fathulla Toshpo'latov, 2022-yil 24 aprel. 66 “Steel Quality Business” 2021-yil 10 martdagi da'vo arizasi. 67 Video guvohlik, Farida Langer, 24 aprel 2022 yil. 27

Select target paragraph3

Connect to a paragraph
Connect to an entity
Disable highlights
Add to table of contents