2.2 O'zbekistonda ko'chmas mulk huquqi
O‘zbekistonda mulk huquqi ham Konstitutsiyada, ham milliy qonunchilikda mustahkamlab qo‘yilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 65-moddasida: “Xususiy mulk boshqa mulk turlari
qatori daxlsizdir va davlat himoyasidadir. Mulkdor o'z mol-mulkidan faqat qonunda nazarda tutilgan
hollarda va tartibda mahrum etilishi mumkin.’8
Xususiy mulk huquqlarini qo'shimcha qonun hujjatlari bilan himoya qilish choralari ko'rilmoqda.
“Xususiy mulkni himoya qilish va mulkdorlar huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonunning 2moddasida: “Xususiy mulk huquqi – bu shaxsning qonun hujjatlariga muvofiq o‘zi sotib olgan molmulkka egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etish huquqidir ... Xususiy mulk daxlsizdir va
davlat tomonidan himoya qilinadi. Davlat xususiy mulkning saqlanishi va uning ko‘payishini
ta’minlash uchun barcha zarur shart-sharoitlarni yaratadi... Mulkdor o‘z mulkidan faqat qonun
hujjatlarida belgilangan hollarda va tartibda mahrum etilishi mumkin.’9
21-modda qo'shimcha qiladi: "Mulkdor o'z huquqlarining har qanday buzilishini bartaraf etishni talab
qilishi mumkin, garchi bu buzilishlar egalikdan mahrum qilish bilan bog'liq bo'lmasa ham. Davlat
organlari mulkdorga ushbu huquqni amalga oshirishda yordam berishga majburdirlar.’10 “Mulk
to‘g‘risida”gi Qonunda yuqoridagi himoya yana bir bor ta’kidlangan: “Xususiy mulk boshqa mulk
shakllari qatori daxlsizdir va davlat himoyasidadir. Mulkdor undan faqat qonunda belgilangan
hollarda va tartibda mahrum etilishi mumkin.’11
Qo’chmas mulk Uy-joy kodeksining 11-moddasida nazarda tutilgan yana bir o'ziga xos huquqiy
himoya bilan himoyalangan bo'lib, unda: “Xususiy mulkda bo'lgan uy-joylarni, kvartiralarni olib
qo'yish mumkin emas, mulkdorni turar-joy binosiga, kvartiraga bo'lgan mulk huquqidan mahrum qilib
bo'lmaydi, qonun hujjatlarida belgilangan hollar bundan mustasno. Turar joyni majburiy olib
qo‘yishga qonun hujjatlarida belgilangan hollarda va tartibda faqat sud qarori asosida yo‘l qo‘yiladi.’ 12
Ushbu huquqiy va konstitutsiyaviy himoyalarga nisbatan ikkita fikrni aytish mumkin. Birinchidan,
O‘zbekistonda xususiy mulk huquqi konstitutsiyaviy va qonunchilik bilan tan olingan. Demak, davlat
mulk huquqlarini himoya qilish va qo'llab-quvvatlashga majburdir. Ikkinchidan, xususiy mulk egalari
faqat qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ushbu mulkdan mahrum etilishi mumkin.
8
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi 65-modda. Onlayn mavjud: https://lex.uz/docs/6445147 2023-yilgi
Konstitutsiyaga o‘zgartirishlar kiritilgunga qadar konstitutsiyamizning 53-moddasida ham shunday qoida mavjud: “Bozor
munosabatlarini rivojlantirishga qaratilgan O‘zbekiston iqtisodiyotining negizini xilma-xil shakllardagi mulk tashkil etadi.
Davlat iste’molchilarning huquqi ustunligini hisobga olib, iqtisodiy faoliyat, tadbirkorlik va mehnat qilish erkinligini, barcha
mulk shakllarining teng huquqliligini va huquqiy jihatdan bab-baravar muhofaza etilishini kafolatlaydi. Xususiy mulk boshqa
mulk shakllari kabi daxlsiz va davlat himoyasidadir. Mulkdor faqat qonunda nazarda tutilgan hollarda va tartibdagina
mulkidan mahrum etilishi mumkin.” Onlayn mavjud: https://lex.uz/docs/4032775
9
O‘zbekiston Respublikasining “Xususiy mulkni himoya qilish va mulkdorlar huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida”gi 336son qonuni (2012). Onlayn mavjud: https://lex.uz/docs/2055683
10
O’sha manba.
11
O'zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasida mulkchilik to‘g‘risida” 152–XII-son qonuni (1990). Onlayn
mavjud: https://lex.uz/docs/111455
12
O‘zbekiston Respublikasining Uy-joy kodeksi (1999). Onlayn mavjud: https://lex.uz/docs/106134
9