etgan. Oliy sud ishni mazmunan ko‘rib chiqmadi, biroq uning ma’muriy sudga shikoyat qilish uchun olti oylik muddatni o‘tkazib yuborganligi sababli qaror chiqardi. Ibragimovaning aytishicha, yerdan ayrilib, ishsiz qolganidan keyin Pop tumanidan Rossiyaga ish izlab ketgan fermer va ferma ishchilari soni ortib bormoqda. Aksariyat fermerlar o‘z yerlaridan ayrilganini noilojlik bilan qabul qilishgan, bir nechtasi esa sud va davlat amaldorlariga murojaat qilib, uni qaytarib olishga harakat qilmoqda. Oybek Noryigitov ishi Oybek Noryigitov 2022-yil 17-may kuni loyiha tadqiqotchilari bilan suhbatda bo‘ldi. Noryigitov Pop tumani hokimi A’zam Sultonovning 2018-yil 31-maydagi 1307-son qarori bilan Namangan viloyati Pop tumanidagi “Zaynatbegim Mobinaxon” fermer xo‘jaligiga rahbar etib tayinlangan. Fermer xo‘jaligi 2015-yil 24-dekabrda tashkil etilgan bo‘lib, 31,6 gektar maydonni egallagan.155 Noryigitov 2018-yilda paxta maydoni davlat tomonidan belgilangan kvotani bajarmagani uchun yer maydonini tortib olish bilan tahdid qilganini,156 shuningdek, Pop tumani hokimi o‘rinbosari unga kvotaga erishish uchun bosim o‘tkazganini va agar u bunga erishmasa, yer ijarasi bekor qilinishi bilan tahdid qilganini iddao qildi. Shuning uchun bosim ostida Noryigitov paxta kvotasiga yana erisha olmagan taqdirda, uning nomiga, lekin sana va imzosiz yer ijarasini bekor qilish to'g'risidagi arizaga rozi bo'ldi. 2018-yil 28-dekabr kuni Pop tumani hokimligi tomonidan Noryigitovga tegishli yerlarini Pop tumani zaxirasiga o‘tkazish to‘g‘risidagi “yer ijara shartnomasini ixtiyoriy ravishda bekor qilish” to‘g‘risida xat rasmiylashtirilgan. 155 Davlat ro'yxatidan o'tkazilganligi to'g'risidagi 2015-yil 24 dekabrdagi 2756-sonli guvohnoma. 156 O.Norigitovning Pop tuman prokuraturasiga 2021-yil 30-yanvardagi maktubi. 59

Select target paragraph3

Connect to a paragraph
Connect to an entity
Disable highlights
Add to table of contents