Qonun hujjatlarida yer uchastkalariga egalik qilish, doimiy foydalanish va ijaraga berish huquqini
bekor qilishning boshqa hollari ham nazarda tutilishi mumkin.
Jismoniy va yuridik shaxslar hukumat qarorlari, shu jumladan yer uchastkalariga egalik qilish yoki
doimiy yoki vaqtincha foydalanish huquqini tugatish to‘g‘risidagi qaror ustidan sudga shikoyat
qilishlari mumkin.
“Fermer xo'jaliklari to'g'risida” Qonun
Fermer xo‘jaliklari uchun ijara shartnomasini bekor qilishning qo‘shimcha asoslari “Fermer xo‘jaligi
to‘g‘risida”gi qonunning 32-moddasida ko‘rsatilgan bo‘lib, unda fermer xo‘jaligi faqat muayyan
hollarda tugatilishi mumkinligi belgilab qo‘yilgan. Jumladan, ijara huquqidan ixtiyoriy voz kechish,
yerdan oqilona foydalanmaslik, yer uchastkasini belgilangan tartibda olib qo‘yish, berilgandan keyin
uch yil davomida dehqonchilik faoliyatini tiklamaslik, ijara shartnomasini ixtiyoriy ravishda bekor
qilish, ijaraga oluvchining bankrotligi yoki vafot etishi va hokazo. Bundan tashqari, agar yer
uchastkasi davlat va jamoat ehtiyojlari uchun zarur bo‘lsa, yer ijarasi bekor qilinishi mumkin va
O‘zbekiston fermerlar, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashiga majburiy a’zoligi
tugatiladi.28
PF-6243-son Prezident farmoni
2021-yil 8-iyundagi PF-6243-sonli Prezident farmoni 2021-yil 1-avgustdan “tumanlar va
shaharlarning mahalliy davlat hokimiyati organlarining yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlarini
belgilash, tan olish, o‘zgartirish va bekor qilish” vakolatlari bekor qilinganligi qayd etilgan. 29 Mazkur
farmon shahar va tumanlar hokimlarining 2021-yil 1-avgustdan boshlab yer uchastkalari berishni
bekor qilish yoki ijara shartnomalarini bekor qilish huquqini taqiqlashi bilan ahamiyatlidir. Shunga
qaramay, paxta kvotasi muddatini bajarmagan fermerlar tuman va shahar hokimlari tomonidan
jarima tahdidi ostida yer ijarasini bekor qilish uchun “ixtiyoriy” ariza berishga majburlangan holatlar
ko‘p uchraydi.
14-son Vazirlar maxkamasining qarori
2019-yil 9-yanvardagi 14-sonli Vazirlar maxkamasining qarori so‘nggi o‘n yil ichida uchinchi bo‘lib,
fermer xo‘jaliklari va boshqa qishloq xo‘jaligi korxonalariga ajratilgan yerlarni optimallashtirish va
oxir-oqibat olib qo‘yish mumkin bo‘lgan shartlar ro‘yxatini kengaytiradi.30 Farmon, shuningdek,
hokimlar tomonidan yer uchastkalarini ijaraga berishni bekor qilish doirasini sezilarli darajada
kengaytirdi va sud qarori talabini samarali ravishda olib tashladi.
28
O‘zbekiston Respublikasining “Qonun hujjatlariga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida”gi 533-son qonuniga (2019) asosan
fermerlar kengashiga a’zo bo‘lish qishloq xo‘jaligi yerlarining barcha ijarachilari uchun majburiy hisoblanadi.
29
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yer munosabatlarida tenglik va shaffoflikni ta’minlash, erga bo‘lgan
huquqlarni ishonchli himoya qilish va ularni bozor aktiviga aylantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6243-son farmoni
(2021). Online mavjud: https://lex.uz/ru/docs/5450181
30
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Fermer xo‘jaliklari va boshqa qishloq xo‘jaligi korxonalari yer
maydonlarini maqbullashtirish hamda qishloq xo‘jaligi ekin yerlaridan samarali foydalanishga doir qo‘shimcha choratadbirlar to‘g‘risida”gi 14-son qarori (2019). Onlayn mavjud: https://lex.uz/docs/4149388
16