chiqarilganidan bir necha oy o‘tibgina xabar topdi. O‘shanda fermer 2019 yil hosili uchun bug‘doy
ekib bo‘lgan, ammo shunga qaramay, yer hokimlik tomonidan “Indorama Agro”ga berilgan. Fermer
yerini yo‘qotgani yoki bug‘doy hosilini yo‘qotgani uchun tovon puli olmagan. Shuningdek, uning
guvohlik berishicha, hokim qarorining nusxasi unga ancha vaqt davomida berilmagan, bu esa yer
ijarasining bekor qilinishi ustidan sudga shikoyat qilish imkoniyatini kechiktirgan.
Fermer “D” tuman hokimining 2018-yil 29-noyabrdagi 1483-sonli qarorini bekor qilish yuzasidan
Oqoltin tuman sudiga apellyatsiya arizasi bilan murojaat qilgan.Uning ko‘rsatmasiga ko‘ra, u
birinchi arizasini 2020-yil yanvar oyida sudga bergan. Ammo ish ko‘rib chiqilmagan, chunki u
apellyatsiya berish uchun belgilangan uch oylik muddatdan oshib ketgan. Fermer ishni yana ikki
marta sudga bergan, biroq Sirdaryo viloyat maʼmuriy sudi avvalgi qarorlarni oʻz kuchida qoldirgan.
2022 yilda u o'z ishini Oliy sudga topshirdi va suhbat vaqtida ish davom etayotgan edi.
Fermer “D” ham bir qancha davlat idoralariga, jumladan, Ombudsmanga murojaat qilganini, biroq
ularning hech biri uning ishiga yordam bermaganini aytadi. Uning aytishicha, ikki tuman va bitta
viloyat sudi tajribasiga asoslanib, O‘zbekistonda sud tizimi adolatli va shaffof ekanligiga
ishonmaydi.
Loyiha tadqiqotchilari tomonidan toʻplangan fermerlarning koʻrsatmalari Sirdaryo viloyatidagi
boshqa fermerlarning mustaqil OAVga bergan maʼlumotlarini tasdiqlaydi. Ozodlik radiosining
o‘zbek tilidagi nashri Ozodlik tomonidan 2021-yil 4-yanvarda chop etilgan maqolada Adolat
Abdurazzoqovaning ko‘rsatmalari keltirilgan.180 Maqolada Abdurazzoqovaning Oqoltin va Sardoba
tumanlaridagi 80 gektar fermer xo‘jaligida 2003 yildan buyon paxta va g‘alla yetishtirish bilan
shug‘ullangani, ammo 2018 yilning dekabr oyida u 49 yilga ijaraga olingan yer uchastkasi mahalliy
hokimiyat organlari tomonidan "xorijiy investor" ga berilganidan xabar topgani aytiladi.
Rasm 15: “Indorama Agro”ga yerlari o'tkazilgan fermerlar, Oqoltin tumani, 2021 yil
Manba: Ozodlik
180
“Surishtiruv: Yeri tortib olingan dehqon va qul sifatida foydalanilayotgan’ o‘zbeklar. Indorama Agro namunaviy
investormi?’, Ozodlik radiosi, 2021-yil 4-yanvar. Onlayn mavjud: https://www.ozodlik.org/a/surishtiruv-indorama-agronamunaviy-investormi/31032997.html
65
Select target paragraph3
Connect to a paragraph
Connect to an entity
Disable highlights
Add to table of contents