Rasm: Fermer Umida Ibragimova, 2023-yil iyul oyi
Manba: Uzbek Forum
Fermerning so‘zlariga ko‘ra, u 2019-yilning yanvar oyida uning yerlari hokimiyat tomonidan
o‘zboshimchalik bilan tortib olingunicha, yillar davomida paxta va g‘alla yetishtirish bo‘yicha
hukumat tomonidan belgilangan kvotani izchil bajarib kelgan.145 Aytilishicha, 2019-yil 18-yanvar
kuni Pop tumani hokimi A’zamjon Sultonov yig‘ilish o‘tkazish bahonasida 450 ga yaqin tuman
fermerlarini tuman madaniyat saroyi zaliga yig‘ib, fermerlarga o’z yerlarini davlatga ixtiyoriy
ravishda topshirganligini tasdiqlovchi ariza yozish va unga imzo qo‘yishni buyurgan.146
Uchrashuvga kelmagan fermerlarni kechki payt militsiya xodimlari olib kelishgan.147
Ibragimovaning ta'kidlashicha, ko'pchilik fermerlar dastlab bu bayonotlarni imzolashdan bosh
tortishgan va ushbu protseduradan norozi bo'lishgan.
Fermerlar kechki soat 18:00 dan sovuq xonaga qamalgan va ular bayonnomalariga imzo
chekmagunicha ularni ketishga ruxsat berilmagan.148 Yarim tungacha chidab, qorni och, sovuqdan
muzlab, bolalari haqida qayg‘urgan Ibragimova reja tuzdi: u ko‘rsatma bo‘yicha ariza yozishga rozi
145
Shaxsiy muloqot, Umida Ibragimova, 2022-yil 17 may.
146
Umida Ibragimovaning O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori Nig‘matilla Yo‘ldoshevga maktubi, 2022-yil 17yanvar.
147
Inson huquqlari boʻyicha Oʻzbek forumi (2022) “Oʻzbekistonda yerlarning noqonuniy musodara qilinishi: Namanganlik
fermerlar oʻz huquqlari va tirikchiligi uchun kurashmoqda”, 17 iyul. Onlayn mavjud: https://www.uzbekforum.org/illegalland-confiscations-in-uzbekistan-farmers-in-namangan-fight-for-their-rights-and-livelihoods/
148
Shaxsiy muloqot, Umida Ibragimova, 2022-yil 17 may.
57
Select target paragraph3
Connect to a paragraph
Connect to an entity
Disable highlights
Add to table of contents