Rasm 8: Navoiy shoh ko‘chasidagi 49-bino buzilishidan oldin
Manba: Land Home Justice Network
Bu ish rasman 2017-yil 15-avgustda Samarqand shahrining o‘sha paytdagi hokimi Vohid
Rahimovning 1510-K-sonli qarori bilan boshlangan. Qarorda qayd etilishicha: “Samarqand Agro
Eksport Servis” mas’uliyati cheklangan jamiyati Samarqand shahri, Navoiy shoh ko‘chasi, 44, 45,
47 va 49-uylarda joylashgan ko‘rkam bo‘lmagan ikki qavatli turar joy binolarining mavjud binolarini
buzish va ular o’rniga zamonaviy arxitektura-loyiha hujjatlari asosida ko‘p qavatli uy-joy qurishga
ruxsatnoma berish yuzasidan shahar hokimligiga ariza bilan murojaat qilgan”.96
Shuningdek, qarorda shahar arxitektura va qurilish boshqarmasi tomonidan shaharning markaziy
ko‘chalarida joylashgan “mavjud shaharsozlik arxitekturasi, sanitariya-gigiyena qoidalari”
talablariga javob bermaydigan binolarni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda boshqa joyga
ko‘chirish va yong'in xavfsizligini ta'minlash va ularning o'rnida ko'p qavatli turar-joy binolarini
qurish taklifi ham e’tirof etilgan”.97
Shundan so‘ng qarorda Navoiy shoh ko‘chasi 43, 45, 47 va 49-uylardagi 60 ta xonadon
“shaharsozlikning hozirgi talablariga” javob bermasligi, biroq tegishli idoralar va mutaxassislarning
qaroriga hech qanday baho ilova qilinmagani ma’lum qilingan.
Bu xonadonlarni buzib, o‘rniga to‘rt qavatli turar joy binosini qurishni buyuriladi. Qarorda
“Samarqand Agro Eksport Servis” korxonasiga zarur ruxsatnomalar olgan holda, shuningdek,
mavjud aholini o‘z mablag‘lari hisobidan boshqa joyga ko‘chirish sharti bilan ajratilgan yer
maydonida qurilishi rejalashtirilgan turar-joy binosini qurishga ruxsat berilgan.
2020-yil 19-mayda “Samarqand Agro Eksport Servis” korxonasining korporativ ekstrakti birinchi
marta tekshirilganda, uning faoliyat sohasi meva-sabzavot mahsulotlarini ulgurji savdosi deb e’lon
96
Samarqand shahar hokimining “Qurilish uchun yer uchastkasi tanlash to‘g‘risidagi “2017-yil 24 iyuldagi qurilish uchun
yer uchastkasi tanlash to‘g‘risidagi dalolatnomani va qurilishga ruxsatnoma berish to‘g‘risida” 2017-yil 15 avgutst qarori.
97
O’sha manba.
37
Select target paragraph3
Connect to a paragraph
Connect to an entity
Disable highlights
Add to table of contents