HISOBOT MUALIFLARI HAQIDA
Ushbu hisobot Ulster universiteti Davlat boshqaruvi markazi tomonidan Yer Uy Adolat tarmog'i (Land
Home Justice Network) va Inson huquqlari boʻyicha Oʻzbek forumi hamkorligida tayyorlangan.
Davlat boshqaruvi markazi yetakchi xalqaro ilmiy-tadqiqot instituti boʻlib, siyosat va davlat
boshqaruvidagi mahalliy hamda global taʼsiri bilan tan olingan. Markazning ishi fanlararo xarakterga
ega bo'lib, ijtimoiy siyosat, davlat boshqaruvi, sotsiologiya, ta'lim, konfliktlarni o'rganish, ijtimoiy ish,
siyosatshunoslik va kriminologiya kabi bir qator fanlarning tajribasini birlashtiradi. Uning tadqiqotlari
ijtimoiy adolat, demokratiya, ta'lim, siyosat ishlab chiqish, ma'muriy amaliyot va bahsli jamiyatlar
bilan bog'liq muammolarni o'rganadi.
1