Langer Farida
Date of eviction
Land confiscation
Land tenure
- Private
Real property title
- Private ownership
Victim
Farida Langer Musayevna bilan 24 aprel kuni intervyu qilindi. Yunusobod tumani, Niyozbek yuli ko'chasi, 4 tor, 22 uy, 12 xonadonda yashaydi. Bu unga tegishli xususiy uy. Unga Steel Quality Business MCHJ tomonidan uning uyini buzish uchun yetarli bo'lmagan kompensatsiya taklif qilingan. U bu hovli uyda nevaralari bilan birga yashaydi. Nevaralari uylariga yaqin joydagi 17-maktabda o'qiydi. U va uning oila a'zolari boshqa tumanga ko'chib ketishni istamaydi. Uning yoshi katta va ko'p qavatli uylarning baland etajida yashashni istamaydi. Shu sababli u uyi yaqinida qurilayotgan ko'p qavatli uylarning birinchi etajidan uy berishlarini so'ragan. Ammo bu talabini qurilish kompaniyasi bajarishni istamayapti. Kompaniya bunga rozi bo'lish o'rniga residentni uyidan qo'rqitish usuli bilan ko'chirib yuborishni reja qildi. Kompaniya maqsadini amalga oshirish uchun yollangan Rustam ismli makler paydo bo'lib, Langerning uyiga kelib unga taklif qilingan kompensatsiyaga rozi bo'lishni, aks holsa uni uydan majburiy tarzda ko'chirib yuborishlarini aytib tahdid qilgan. Rustam uning uyiga bir nechta marta tashrif qilgan. Buning oqibatida qari Langerning sog'ligi yomonlashgan.
Langer firma taklif qilgan kompensatsiyaga rozi bo'lmagach, 2021 yil 10 martda kompaniya Langerdan mulkni majburiy tarzda olish va uni mulkka egalik huquqidan mahrum qilish bo'yicha Mirzo Ulugbek tumanlararo fuqarolik sudiga unga qarshi davo arizasi bergan. Sud ushbu davo arizasini birinchi sud instansiyasida qanoatlantirib, uni uydan ko'chirish va mulkka egalik huquqini tugatishni belgiladi. Langerni aytishicha, Qurilish kompaniyasi tomonidan unga yozilgan xatda (22 dekabr, 2020) Langerning umumiy uy maydoni 53.62 kv.m ekani qayd etilgan. Ammo Langer mulkni baholash ishlari adolatli bo'lmagani va uning uyi 93 kv.m ekanligini aytdi.
Langer: Meni sudga berdi. Qancha asabbuzarlik bo’ldi. Oyog’im og’riydi, gohi qon bosimim oshadi. Yosh emasman, 66 yoshga kirdim. Men ulardan ortiqcha narsa so’raganim yo’q. Uyimni maydonidan kelib chiqib so’radim. Bolam 1chi sinfdan shu yerdagi 17 maktabda o’qiydi. Hozir u 7 sinfda. Shu sababli men ulardan uzimga 1 xonali, bolalarimga 2 xonali alohida kvartira berishini so’radim. Men ulardan ahmoqona narsa so’raganim yo’q. Quruvchi tashkilot esa meni sudga berdi. Rustam degan yigitni kimligini tekshirish kerak. Uni umuman huquqi yoki hujjati ham yo’q. U meni uydan chiqarib yuborishga harakat qilayapti. Tashkilot menga boshqa tumandan 13chi etajdan uy bermoqchi. Men ularga odamiylik yuzasidan tushuntirdim: “Menga boshqa joydan uy kerak emas. Shu yerdan menga birinchi etajdan uy bering. Meni tushuninglar, men shu yerda tug’ildim, o’sdim va shu yerda qolgan umrimni o’tkazishni xoxlayman. Oxir oqibat, quruvchi meni sudga berdi. Meni uyimni baholash uchun ekspertizadan Sulaymanova keldi. U bilan hammasi kelishib olingan. Uni quruvchi o’z mashinasida olib keldi. Sudya va yordamchilari birga keldi. Sulaymanova meni uyimni 15 ming Aqsh dollariga baholadi. Ammo sudya meni uyimni holatini ko’rgach, men so’rayotgan kompensatsiya haqqoniy ekanligini aytdi. Uyimni umumiy holati juda yaxshi. Sudya keyin menga o’z uyimda yashashim mumkinligini aytdi. Lekin haligacha ish yopilmagan. Shunchaki ishni ko’rishni to’xtatib qo’ydi.
/api/files/1651749553817qbwvxr0f1g.mp4
Designed and developed by